Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan “Ta’limda o‘yinli va simulyatsion metodlar” mavzusidagi navbatdagi seminar-trening qiziqarli, muhokamaga boy o‘tdi. Yuridik fanlari doktori, universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Bexzod Ochilov moderatorligida o‘tkazilgan seminar-treningda o‘qituvchilarning ta’lim jarayonida talabalarni faollashtiradigan metodlar xususidagi tajribalari oshirildi. 

Auditoriyadan tashqari yangi joylar – muzey va ochiq maydondagi ta’lim, o‘quv materiallari ochiqligi, soft skills – moslashuvchan ko‘nikmalar, mikrota’lim, ya’ni keng hajmdagi ta’lim materiallarini qisqa vaqt oralig‘ida tushuntirish metodi, shuningdek geymifikatsiya – darslarda o‘yin prinsiplarini qo‘llash, har qanday jiddiy mavzuni o‘yin tarzida talabalarga singdirish haqida so‘z bordi.

Life long learning – har bir inson umrining oxiriga qadar o‘qishi kerakligi konsepsiyasidir. Seminar-treningda ushbu eng muhim konsepsiya ham ilgari surildi.